Sherigi bilan ichib, mast holda sherigini pichoqlab ko‘ydi

1 daqiqa o'qish270
Sherigi bilan ichib, mast holda sherigini pichoqlab ko‘ydi

Sherigi bilan ichib, mast holda sherigini pichoqlab ko‘ydi

Jizzax viloyatida qurilishda birga ishlab yurgan ikki tanish o‘rtasida ichkilikdan keyin janjal chiqib, og‘ir oqibatga olib keldi. Voqea 2025 yil 13 iyul kuni soat 17:00 atrofida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan.
Sud materiallariga ko‘ra, 1980 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan erkak tanishi bilan spirtli ichimlik ichgan. Keyin ular o‘rtasida kelishmovchilik paydo bo‘lib, mojaro avj olgan. Janjal paytida u oshxona pichog‘i bilan tanishining qorin va ko‘krak sohalariga zarba berib, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Ish Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zardor tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchi aybiga iqror bo‘lib, pushaymonligini aytgan va yengil jazo so‘ragan.
Sud jabrlanuvchi va guvohlar ko‘rsatmalari, ish hujjatlarini o‘rganib, ayblanuvchining 4 nafar farzandi borligi va mavsumiy ishchi ekanini ham inobatga oldi. Natijada u 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?