
Daniya farmatsevtika kompaniyasi Novo Nordisk aksiyalari 10 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi. Bunga kompaniya semizlikka qarshi Ozempic tabletkasining Altsgeymer kasalligini sekinlashtirmasligi haqidagi xabar sabab bo‘ldi.
Kompaniya to‘rtta mingga yaqin bemor ishtirokida ikki yirik tadqiqot o‘tkazdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, preparatni qabul qilgan bemorlarda kasallikning rivojlanishi sekinlashmagan, garchi ayrim kasallik ko‘rsatkichlari yaxshilangan bo‘lsa ham.
Ilgari olimlar diabet va vazn kamaytirishda yordam beradigan ushbu preparat Altsgeymerga qarshi ham foydali bo‘lishi mumkinligidan umid qilgan edi. Novo Nordisk bosh ilmiy direktori, preparatning muvaffaqiyati ehtimoli past bo‘lishiga qaramay, yangi dorilarga bo‘lgan katta ehtiyoj sabab, uni sinab ko‘rishga qaror qilinganini aytib o‘tdi.
Joriy yil davomida kompaniya aksiyalari narxi allaqachon yarmidan ko‘prog‘iga pasaygan. Shu bilan birga, asosiy raqobatchi — AQShning Eli Lilly kompaniyasi yaqinda diabet va semizlikka qarshi dorilarni ishlab chiqib, bozor qiymatini 1 trillion dollarga yetkazdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.