date

Yaponiya va Markaziy Osiyo sammiti dekabrda o‘tkaziladi

Yaponiya va Markaziy Osiyo sammiti dekabrda o‘tkaziladi
Yaponiya hukumati joriy yil dekabr o‘rtalarida Markaziy Osiyo davlatlari bilan ilk sammitni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.

Ilgari ushbu tadbir 2024 yil yozida Qozog‘istonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq Yaponiyada kuchli zilzila xavfi sababli sammit bekor qilingan.

O‘sha paytda Yaponiya bosh vaziri lavozimida Fumio Kisida ishlagan edi. Shu yilning yozida Tokioda Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi savdo yo‘lagini qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirilgani ma’lum qilingan.

Shuningdek, Yaponiyaning mintaqani uglerodsizlashtirishda qiziqishi va Markaziy Osiyo davlatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun investorlarni jalb qilish rejalari haqida ham xabarlar paydo bo‘lgan edi. Hozirgi yapon bosh vaziri Sanae Takaichi sammit Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalarni mustahkamlash, iqtisodiy xavfsizlikni kuchaytirish va turli sohalarda hamkorlikka ko‘maklashish imkoniyatini taqdim etishiga umid qilmoqda.

2025 yil noyabr oyining boshlariga kelib, Yaponiya O‘zbekistonning savdo hamkorlari ro‘yxatida 20-o‘rinni egalladi. Ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 326,8 million dollarni tashkil etdi.

Bir yil avval esa bu ko‘rsatkich 336,3 million dollar edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiya va Markaziy Osiyo sammiti dekabrda o‘tkaziladi