date

Javohir Sindorov O‘zbekiston shaxmatida yilning eng kuchli shaxmatchisi deb topildi

Javohir Sindorov O‘zbekiston shaxmatida yilning eng kuchli shaxmatchisi deb topildi

10 yanvar kuni O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan matbuot anjumani mamlakat shaxmat hayotida muhim voqealardan biriga aylandi. Tadbirda 2025 yil yakunlari sarhisob qilinib, 2026 yil uchun ustuvor reja va maqsadlar ochiqlandi. Eng muhimi, yil davomida eng yuqori natijalarga erishgan shaxmatchilar hamda soha vakillari munosib taqdirlandi.
Federatsiya ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilgi FIDE Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorov O‘zbekistonda “Yilning eng yaxshi shaxmatchisi” deb e’tirof etildi. Uning xalqaro maydondagi barqaror va ishonchli o‘yini, katta turnirlarda qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlari mamlakat shaxmatining nufuzini yanada oshirdi.
Ayollar o‘rtasida esa O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Umida Omonova yilning eng yaxshi ayol shaxmatchisi sifatida tan olindi. Uning musobaqalardagi qat’iyatli chiqishlari va yuqori natijalari mutaxassislar tomonidan alohida qayd etildi.
Yoshlar yo‘nalishida ham iqtidorli shaxmatchilar e’tibor markazida bo‘ldi. 12 yoshgacha bo‘lganlar orasida Nurmuhammad Nematillaxonov va Xusnora Xusniddinova, 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida esa Afruza Hamdamova hamda Muhiddin Madaminov yilning eng yaxshilari deb topildi. Para shaxmat bo‘yicha Marsel Shoyusupov va Selbi Kakisheva yuqori natijalari uchun mukofotlandi.
Shuningdek, faxriy shaxmatchi O‘ktam Sheraliyev, eng yaxshi hakam Komiljon Azizov, tahlilchi Ulug‘bek Tillayev va sharhlovchi Anton Kimning xizmatlari ham alohida e’tirof etildi. Tadbir yakunida g‘oliblarning yutuqlari O‘zbekiston shaxmatining kelajagi uchun mustahkam poydevor ekani ta’kidlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Javohir Sindorov O‘zbekiston shaxmatida yilning eng kuchli shaxmatchisi deb topildi