date

Toshkent dizayn-kodida avtoturargohlar bo‘yicha qanday yangiliklar taklif etildi

Toshkent dizayn-kodida avtoturargohlar bo‘yicha qanday yangiliklar taklif etildi

Toshkentning dizayn-kodi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun regulation.gov.uz portaliga joylandi. Hujjatda poytaxtdagi avtoturargohlarni tashkil etish bo‘yicha qator yangi yondashuvlar nazarda tutilgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Loyihaga ko‘ra, qatnov qismi bo‘ylab to‘xtash joylari markaziy va chekka hududlardagi avtomobil oqimi nisbatan past bo‘lgan ko‘chalarda, shuningdek transport-almashuv tugunlarida ruxsat etilishi mumkin. Bunda avtoturargoh va piyodalar hududi aniq chegaralar bilan ajratilishi shart.

Avtomobil harakati yuqori bo‘lgan ko‘chalarda, piyodalar ko‘chalarida hamda shahar maydonlarida esa avtoturargohlarni joylashtirishga cheklovlar kiritilishi taklif qilinmoqda.

Mahallalarda lokal “parkovka cho‘ntaklari”ni tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi. Sovet davri va zamonaviy qurilish ustun bo‘lgan hududlarda esa tarqoq to‘xtash joylari o‘rniga markazlashtirilgan turargohlar barpo etish tavsiya etiladi.

Bozorlar, madaniyat va dam olish maskanlari atrofidagi avtoturargohlar ob’ektlarning hisobiy tashrif buyuruvchilar sonidan kelib chiqib loyihalanadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun majburiy joylar ajratilishi, piyodalar uchun qulay sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Rekreatsion hududlarda to‘xtash joylarini asosiy maydonlardan tashqariga chiqarish taklif etilmoqda. Shuningdek, haydovchi avtomobilini qoldirib, jamoat transportiga o‘tishi mumkin bo‘lgan “perexvat” turargohlari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Toshkent dizayn-kodida avtoturargohlar bo‘yicha qanday yangiliklar taklif etildi