
Yaponiyaning markaziy qismida joylashgan Gunma prefekturasida 50 dan ortiq avtomobil ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan, yana 26 nafar fuqaro turli darajada jarohat olgan.
Mahalliy NHK telekanali xabariga ko‘ra, hodisa tezyurar avtomobil yo‘lida yuz bergan. Dastlabki taxminlarga qaraganda, YTHga yo‘lda muz hosil bo‘lgani sabab bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida kamida 10 ta avtomobil yonib ketgan.
Favqulodda xizmatlar ma’lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlarning 5 nafari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan, 21 kishi esa yengil tan jarohatlari olgan. Hodisa sababli Yaponiyaning markaziy hududidagi tezyurar yo‘lning ayrim qismlari vaqtincha harakat uchun yopilgan.
Voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.