
Qirg‘iziston yetakchisi tergov hibsxonalaridagi sharoitlardan noliyotganlarga shaxsiy tajribasi bilan javob qaytardi.
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov tergov hibsxonalaridagi sharoitlar bo‘yicha bildirilayotgan e’tirozlarga munosabat bildirib, panjara orti «kurort emasligini» ta’kidladi. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar bermoqda.
Davlat rahbari o‘zining siyosiy faoliyati davomida ikki bor hibsda bo‘lganini eslab o‘tdi:
«Men o‘zim tergov hibsxonasida jami to‘rt yarim yil o‘tirganman: birinchi safar to‘qqiz oy, ikkinchisida esa uch yarim yil. Biror marta shikoyat qildimmi? Yo‘q! Chunki bu yer tergov izolatori ekanini tushunib, hammasiga sabr qilganman», — dedi Japarov.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakat jazoni ijro etish tizimida katta islohotlar amalga oshirilgan. Ilgari qamoqxonalarda korrupsiya gullagan bo‘lsa, hozir vaziyat tubdan o‘zgargan:
- Mahbuslar kuniga uch mahal bepul issiq ovqat bilan ta’minlanmoqda;
- Mavsumga mos maxsus kiyim-bosh (forma) berilmoqda;
- Mahkumlar mehnat bilan band bo‘lib, topgan daromadlarini oilalariga jo‘natish imkoniyatiga ega.
Sadir Japarovga nisbatan asosiy jinoiy ish 2013 yildagi Issiqko‘l voqealari sabab qo‘zg‘atilgan edi. U 2020 yildagi xalq g‘alayonlari paytida ozodlikka chiqdi va 2021 yilda mamlakat Prezidenti etib saylandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.