date

«Reketir» filmi yulduzi Murat Bisembin vafot etdi

«Reketir» filmi yulduzi Murat Bisembin vafot etdi

Qozogʻistonlik aktyor Murat Bisembin 54 yoshga qaraganida hayotdan koʻz yumdi. Uning vafoti haqida hamkasbi Jan Bayjanbayev Instagram sahifasida maʼlum qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Aktyorga 2024 yil kuzida oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qoʻyilgani aytiladi. 2025 yil dekabrida esa Bisembin insult bilan shifoxonaga yotqizilgan, shundan soʻng u shifokorlar nazoratida boʻlib kelgan.

Murat Bisembin 1972 yil 11 oktyabr kuni Qiziloʻrda shahrida tugʻilgan. Avvaliga qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida muhandis-mexanik mutaxassisligini egallagan, keyinchalik Almati shahridagi Sanʼat akademiyasini tamomlagan.

Keng omma uni «Reketir» filmidagi Ruslan obrazi orqali tanidi. Bisembin jami 18 ta qozoq filmida suratga tushgan bo‘lib, uning mashhur ishlaridan «Rivok», «Pushti quyon haqidagi rivoyat», «Birodar yo nikoh-2», «13 klinik» filmlari ham o‘rin olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » «Reketir» filmi yulduzi Murat Bisembin vafot etdi