Yaqin Sharqdagi voqealarni yoritib keluvchi amerikalik jurnalist o‘g‘irlab ketildi

Yaqin Sharqdagi voqealarni yoritib keluvchi amerikalik jurnalist Shelli Kittlson Bag‘dodda noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlandi.
Bu haqda uning hamkasblari hamda Italiyaning ANSA axborot agentligi xabar bermoqda.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalist o‘zi to‘xtagan mehmonxona yaqinida g‘oyib bo‘lgan. Hozirda uning qayerda ekanligi noma’lum.
Mazkur jinoyatga aloqadorlikda gumon qilingan shaxslardan biri qo‘lga olingan, qolgan sheriklar qidirilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistning o‘g‘irlangani haqida videotasvirlar ham tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing