5 083
Tojikistonlik ayol Rossiyaga ishlash uchun ketgan eriga rus ayoli bilan turmush qurishiga ruxsat berdi…
Yorug‘ dunyo shunday tuzilganki, hech bir ayol erining boshqasi bilan uchrashishini, yaqin munosabat yuritishini xohlamaydi. Bunga yovvoyi rashk yo‘l bermaydi. Ammo tojikistonlik 38 yoshli Mavluda o‘rtalarida to‘rt farzand bo‘lishiga qaramay, erining rus ayoliga uylanishiga ko‘ndi. Buning o‘ziga xos sabablari bor ekan albatta.
«Men erim rus ayoliga uylanishiga roziman…»
Ma’lum bo‘ldiki, eri pul topish, oilasini boqish niyatida Rossiyaga jo‘nab ketgan. Yaqinda uyiga qaytgach, Mavludaga Rossiyada rus ayoliga uylansa, fuqarolik berishlarini, busiz u o‘zga mamlakatda bemalol ishlay olmasligi va pul topa bilmasligini bayon qildi.
— Ancha yildan beri erim rus ayoliga uylanish, keyin Rossiya fuqaroligini olish uchun men bilan ajrashishni mo‘ljallab yurardi, — deydi Mavluda. — Ammo men rozi bo‘lmadim. Yaqinda u Rossiyadan qaytib keldi. Bir so‘m ham pul topmabdi. Erim menga cheklarni ko‘rsatdi. Topgan puli o‘sha yoqlarda ishlash uchun to‘planadigan hujjatlarni to‘g‘rilashga ketibdi…
Shu voqea Mavludaga turtki bo‘ldi. Nihoyat ajrashishga rozilik bildirdi.
— Rashkni bir chetga surib qo‘yishni xohladim, — dedi Mavluda. — To‘rt bolamning otasiga juda achinib ketdim…
Mavludaning eri 2006 yildan beri Rossiyaga qatnaydi, ishlaydi, bola-chaqasini boqadi. Ammo o‘zining tan olib aytishicha, keyingi paytlarda Rossiyada muhojirlar uchun ishlab pul topish juda og‘ir kechmoqda. Muhojirlik to‘g‘risidagi qonunlarni keskinlashtirib qo‘yishdi, patent narxi qimmatlashib ketdi.
Yaqinda u Mavluda bilan ajrashib, (albatta ular vaqtinchaga ajrashishdi.) yolg‘iz erkak ko‘rinishida yana Rossiyaga ketdi. Mavluda eriga ishonarkan. U ishlarni o‘zi xohlagandek bitirgach, katta pul topib tag‘in to‘rt farzandi, oilasi bag‘riga qaytarkan. Shunga qaramasdan, tez-tez Mavludaning yuragiga shayton oralaydi. “Rus ayoliga uylanib, Rossiya fuqaroligini olgach, uyga qaytmasa-chi?”, degan savol bag‘rini eza boshlaydi. Birozdan keyin yana ishonch ustun kelib o‘zini bosadi.
Har yili Rossiyada 12 mingga yaqin tojik rus ayoliga uylanadi…
Rossiyada tojikistonlik muhojirlar uchun rus ayoliga uylanish odatiy holga aylanib qoldi. Ular shu yo‘l bilan o‘zga mamlakatdagi ahvolini yaxshilashga umid bog‘lashmoqda. Rossiya adliya vazirligiga qarashli ZAGS boshqarmalari mutasaddilarining gapiga ko‘ra, har yili Rossiyada 12 mingga yaqin tojikistonlik muhojir rus ayoliga uylanadi. Ammo Rossiya qonunlariga binoan mahalliy korchalonlar muhojirdan haqiqatan vatanida oilasi yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat talab qilishadi. Bunday hujjat Tojikiston adliya vazirligi tarafidan beriladi. Bu mamlakat adliya vazirligi binosi yoniga har kuni yuzlab erkaklar, ayollar hujjatni qo‘lga kiritish, tezroq Rossiya fuqaroligini olish ilinjida tashrif buyurishadi.
“Men rus ayoliga pul tufayli uylanmaganman…”
To‘g‘ri, tojikistonlik muhojirlarning hammasi ham o‘z manfaatini deb rus ayoliga uylanmaydi. Ba’zilarni kutilmagan muhabbat tuyg‘usi shu maqsad sari etaklaydi.
Masalan, Rossiyadagi tojik muhojirlar diasporasi vakili Anvar Baqoyevni olaylik. U 14 yil burun rus ayoliga uylangan.
— Ko‘pchilik barcha tojikistonlik muhojirlar rus ayoliga o‘z manfaatini ko‘zlab uylanadi deb o‘ylaydi, — masalaga aniqlik kiritdi Anvar. — Yo‘q, hamma unday emas. Misol uchun men hozirgi rus xotinimga muhabbat tufayli uylanganman. Biz ancha vaqt uchrashib yurdik. Kunlarning birida u homiladorligidan xabar topdim-u, biz darhol ZAGS bo‘limiga borib munosabatlarimizni qonunlashtirdik. Hozir uch farzandimiz bor. Men juda baxtliman.
Anvarning hozirgi rafiqasi Polina aytdiki, madaniyat, din va millati boshqa bo‘lishiga qaramay, eri bilan juda baxtli umr kechirishmoqda. Anvar mehnatkash, xiyonat qilmaydi. Ular muhabbati haqqoniyligi, ramzi sifatida bir-birlariga “Qur’on” va “Bibliya” kitoblarini sovg‘a qilishgan.
Vaqtinchalik nikoh uchun kim javobgar?..
Sverdlovsk viloyat ZAGS boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Larisa Nikonova tojikistonlik muhojirlarning aksariyati rus ayoliga uylanib, Rossiya fuqaroligini olgach, oilasi bilan ajrashish harakatiga tushishini aytib qoldi. So‘nggi 6 oy mobaynida ZAGS boshqarmasiga 38 kishi shu mazmunda ariza taqdim etibdi.
O‘tgan yili Kaluga viloyat deputatlaridan biri Davlat Dumasiga murojaat etib, vaqtinchalik nikohlarga nisbatan jazo chorasi keskinlashtirilishi, buning uchun 300 ming rubl miqdorida jarimaga tortish yoki uch yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish jazolari qo‘llanishi haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqilishini iltimos qilgandi. Dumadagilar bu iltimosni qondirishmadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar