
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQShda yashayotgan vatandoshlarni migratsiya tekshiruvlarining keskin oshgani haqida ogohlantirdi. Ushbu tekshiruvlarda yuk mashinalari haydovchilarining hujjatlari, ingliz tilini bilish darajasi va ishga ruxsatnoma mavjudligi alohida e'tiborga olinmoqda.
Nazoratning kuchaytirilishi Vashingtonning noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash strategiyasi va terrorizm bilan bog'liq gumonlarga asoslangan. Avvalroq AQSh hukumati O'zbekistonda jihod targ'iboti uchun qidiruvda bo'lgan Axror Bozorovni hibsga olgan edi.
U Kansasda qo'lga olingan bo'lib, Amerika tijoriy haydovchilik guvohnomasi va ishga ruxsatnomaga ega bo'lgan. Tashqi ishlar vazirligi O'zbekiston fuqarolarini barcha hujjatlari va migratsion maqomlarining qonuniyligini tekshirishga chaqirdi.
“Shubhali yoki murakkab holatlarda AQShdagi O'zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga darhol murojaat qiling”, — deyiladi vazirlik bayonotida.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.