Saida Mirziyoyeva giyohvandlikka qarshi keskin kurash boshlanishini e’lon qildi

Prezident Administratsiyasida kuch tuzilmalar rahbarlari ishtirokida muhim ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-aylanmasiga qarshi kurashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Saida Mirziyoyeva yig‘ilishda so‘z olib, ayniqsa yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha keskin chora-tadbirlar zarurligini ta’kidladi. U giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi muvofiqlashtirilgan, samarali va tezkor tizimni qisqa muddatda yaratish lozimligini bildirdi.
“Yoshlarimizni giyohvandlik balosidan asrash – bu davlatning eng muqaddas burchidir. Bu yo‘lda har qanday noqonuniy harakatlarga qat’iy chek qo‘yiladi,” — dedi Saida Mirziyoyeva.
Yig‘ilish yakunida kuch tuzilmalari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. Endilikda, bu borada davlat siyosati doirasida keskin burilish kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!