
G‘azoning Al-Mag‘ozi lagerida urush oqibatida yuzaga kelgan inqiroz insoniyat fojiasiga aylanmoqda. Lagerda yashovchi ko‘plab bolalar har kuni vayronalar va chiqindi to‘plari orasida karton, plastik va yog‘och qidirishga majbur. Ular yig‘ayotgan materiallar oilalarning kundalik ehtiyoji — oziq-ovqat tayyorlash uchun olov yoqishga ishlatilmoqda.
Mintaqaga gaz yetkazib berish to‘xtagani bois, minglab oilalar ovqat pishirishda muammoga duch kelgan. Natijada, harorat pasayib borayotgan vaqtda bolalarning og‘ir mehnatga jalb qilinayotgani kundalik holatga aylangan.
Mahalliy aholi bu holatni insoniy fojea deb atamoqda. Bolalar nafaqat maktabdan, balki bolalikdan ham ayrilgan. Ular uchun eng oddiy hayotiy qulayliklar orzuga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.