date

"Qasos va qonun" yulduzi: Bollivud afsonasi 89 yoshida olamdan o‘tdi!

"Qasos va qonun" yulduzi: Bollivud afsonasi 89 yoshida olamdan o‘tdi!

Hindiston kinosining buyuk aktori Dharmendra (to‘liq nomi - Dharmendra Keval Krishan Deol) 89 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda "Hindustan Times" nashri xabar tarqatdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor ikki hafta avval sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Mumbaydagi klinikaga yotqizilgan bo‘lib, "Variety" gazetasi uning nafas olishda qiyinchiliklarga duch kelganini yozdi.

Davrning yakuni

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi aktorning oilasiga samimiy ta’ziya izhor etdi. "Dharmendra Ji o‘limi hind kinosida butun boshli davrning yakunini anglatadi. U mashhur shaxs, har bir roliga joziba va chuqurlik olib kirgan ajoyib ijrochi edi," deb yozdi Modi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Dharmendra ijodiy yo‘lini 1960-yillarda boshlagan va 250 dan ziyod kino asarlarida rol ijro etgan. O‘zbekistonlik muxlislarga uning "Zita va Gita", "Qasos va qonun", "Sevimli Raja" kabi mashhur filmlari yaxshi tanish. 1980-yillarda u "Vijayta Films" prodyuserlik kompaniyasiga ham tamal toshini qo‘ygan. Aktorlik va prodyuserlikdan tashqari, Dharmendra siyosat bilan ham shug‘ullanib, 2004 yildan 2009 yilgacha Hindiston parlamenti quyi palatasining deputati sifatida faoliyat yuritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » "Qasos va qonun" yulduzi: Bollivud afsonasi 89 yoshida olamdan o‘tdi!