
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga amalga oshirilgan tashrif yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rossiya–Ukraina mojarosini hal etish atrofidagi bahslar, AQSH tomoni taklif qilgan tinchlik konsepsiyasi va bir qator dolzarb savollar yuzasidan keng munosabat bildirdi. Prezidentning fikrlari quyida qisqartirilgan, biroq mazmunan to‘liq shaklda jamlangan.
Tramp rejasi va 28 bandli hujjat haqida
Putinning ta’kidlashicha, ommaviy axborot vositalari ta’kidlaganidek, tayyor “tinchlik shartnomasi” umuman bo‘lmagan. Faqat Alyaska safari oldidan tuzilgan savollar ro‘yxati va keyin AQSH tomonidan yetkazilgan 28 bandli takliflar to‘plami mavjud bo‘lgan. Jenevadagi AQSH–Ukraina muzokaralaridan keyin ushbu 28 band to‘rtta yirik bo‘limga ajratish taklifi berilgan.
Putin bu bandlar kelgusi kelishuvlar uchun muayyan asos bo‘lishi mumkinligini tan oldi, biroq hali tayyor va yakuniy loyiha yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
O‘t ochishni to‘xtashining bir sharti
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, muqaddas shart — Ukraina qo‘shinlarining hozir egallab turgan hududlardan chiqishidir.
«Agar chiqsa — janglar to‘xtaydi. Agar chiqmasa — biz buni harbiy yo‘l bilan amalga oshirishga intilamiz», — dedi Putin.
Okkupatsiya qilingan hududlar maqomi va tan olish masalasi
Putinga ko‘ra, asosiy masala — xalqaro-huquqiy tan olish:
- Agar hududlar Rossiya suvereniteti ostida deb tan olinsa — bu bir holat.
- Agar Ukraina hujjat bo‘yicha ularni qaytarishga urinsa — bu tamomila boshqa vaziyat.
Shu bois prezident AQSH bilan tan olish yuzasidan muzokara qilish muhimligini ta’kidladi.
“Rossiya Yevropaga hujum qiladi” degan da’volar haqida
Putin bu masalada keskin fikr bildirdi:
«Bu — yo firibgarlik, yo aqli hali butun emas odamlarning gapi. Bizda Yevropaga nisbatan hech qanday tajovuzkor rejalar yo‘q. Xohlashsa, biz buni rasman yozma ravishda ham tasdiqlashga tayyormiz», — dedi u.
G7’ga qaytish ehtimoli
Prezident “katta yettilik”ka nisbatan munosabatini ham ochiq bildirdi:
- G7 a’zolari muhim hamkorlar ekanini tan oldi.
- Biroq hozir Rossiyani u guruhga taklif qilayotgan mamlakat yo‘qligini aytdi.
- Mavjud vaziyatda bunday uchrashuv amaliy foyda bermasligini ta’kidladi.
Rossiya aktivlarining musodara qilinishi
Putinning fikricha, Yevropa ittifoqi Rossiya aktivlarini musodara qilsa:
- yevrohududga bo‘lgan ishonch keskin pasayadi,
- global moliya tizimi uchun og‘ir oqibatlar yuzaga keladi.
Rossiya hukumati bu holat uchun alohida “javob choralari to‘plami”ni tayyorlayotgani ham ma’lum qilindi.
Lavrov haqidagi “qahrga uchradi” degan mish-mishlar
Prezident bu xabarlarni rad etdi:
«Bu mutlaqo bema’nilik. Lavrov o‘z ish jadvali bilan shug‘ullanyapti, u hech qanday xatoga yo‘l qo‘ymagan», — dedi Putin.
Uitkoff bilan muzokaralar ommaga chiqib ketishi haqida
Putin bu holatni oddiy hol deb atadi:
Amerikalik vakil o‘z davlatining manfaatlarini himoya qilishi tabiiyligi ta’kidlandi. Muzokaralar “katta bosimsiz, haqoratsiz” kechayotgani aytib o‘tildi.
Ukraina davlat rahbariyati legitimligi haqidagi bahs
Putinning aytishicha, Ukraina prezidenti saylovdan qochgani uchun o‘zining konstitutsion maqomini yo‘qotgan. Rossiya esa, harbiy sharoitga qaramay, prezident va mahalliy saylovlarni o‘tkazganini misol sifatida keltirdi.
“Lukoyl” va “Rosneft”ga qarshi sanksiyalar nimadan kelib chiqdi?
Putin bu qarorni tushunmasligini ochiq bildirdi:
«Jenevada kelishgan edik, hech qanday ziddiyat bo‘lmagan. To‘satdan sanksiyalar qo‘yildi. Nega? Menam tushunmadim», — dedi u.
Jang maydonidagi vaziyat
Prezidentga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari:
- barcha asosiy yo‘nalishlarda ilgarilashni davom ettirmoqda,
- qaytarib olinayotgan hududlar soni oydan oyga oshmoqda,
- o‘tkazilgan operatsiyalar sur’ati esa tezlashmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.