
"Barselona" shanba kuni Ispaniya chempionati doirasida o'z maydonida "Alaves"ga qarshi o'yin o'tkazadi. Kataloniyaliklar jamoasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ushbu o'yin haqida fikr bildirdi.
"Alaves" - o'zini himoyada yaxshi ko'rsatadigan va yuqori pressingni qo'llay oladigan jamoa. O'yin oson bo'lmaydi.
Ertangi uchrashuvda eng muhim narsa - uch ochko qo'lga kiritishdir. Biz "Real"ni ortda qoldira olamizmi?
La Ligadagi har bir o'yin qiyin. Bizning maqsadimiz uch ochko yig'ishdir.
Qolgan narsalar ikkinchi darajaga o'tadi. Bugungi mashg'ulotlarda yaxshi dinamika va yuqori intensivlikni ko'rdim.
Bu bizga "Chelsi"ga qarshi o'yinda yetishmagan edi," - dedi Flik matbuot anjumanida. "Barselona" hozirda La Liga peshqadami "Real"dan bir ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.