date

Afg‘onistonda ayollarga zo‘ravonlik keskin oshgani ma’lum qilindi

Afg‘onistonda ayollarga zo‘ravonlik keskin oshgani ma’lum qilindi

Afg‘onistonda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik so‘nggi ikki yilda 40 foizga oshgani BMTning Afg‘onistondagi yordam missiyasi (UNAMA) hisobotida qayd etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi 14,2 million ayol — deyarli barchasi — gumanitar yordam va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj holatda.

UNAMA hisobotida ta’kidlanishicha, afg‘on ayollari huquqlarining poymol qilinishi ularni kundalik, jismoniy, psixologik va iqtisodiy xavflarga duchor etmoqda.

UNAMA rahbariyati vakili Jorjette Gagnonning ta’kidlashicha:

“Afg‘on ayollari uchun zo‘ravonlik — faqat ko‘rinadigan holat emas, balki ularning ovozini o‘chirish va imkoniyatlarini cheklashdir”.

BMT xalqaro hamjamiyatni afg‘on ayollari bilan birdamlikni kuchaytirishga va moddiy yordamni oshirishga chaqirdi.

Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon” 2021-yilda hokimiyatga kelganidan buyon ayollar va qizlarga nisbatan o‘nlab cheklovlar joriy etgan. Afg‘oniston hozirda qizlar oltinchi sinfdan keyin ta’lim ololmaydigan yagona davlat bo‘lib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda ayollarga zo‘ravonlik keskin oshgani ma’lum qilindi