Osiyoda tinimsiz yomg‘ir tufayli 100 dan ortiq odamlar halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish287
Osiyoda tinimsiz yomg‘ir tufayli 100 dan ortiq odamlar halok bo‘ldi

Osiyo mintaqasida bir necha kundan beri tinimsiz yomg‘ir va keskin kuchaygan suv toshqinlari katta fojealarga olib kelmoqda. “Reuters” tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tailand, Malayziya va Indoneziyada halok bo‘lganlar soni keskin oshdi.

Tailand: qurbonlar soni 55 nafarga yetdi

Tailandda bir haftalik yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan sel va toshqin 55 kishining umriga zomin bo‘ldi. Eng ko‘p zarar ko‘rgan Xat Yai shahrida suv sekin-astalik bilan cheklanayotgani aytilmoqda. Bu aholiga yordam yetkazish va infratuzilmani tiklash ishlarini tezlashtirishi mumkin.

Hukumat tom kuyovlarda qolayotgan odamlarga vertolyotlar orqali oziq-ovqat va tibbiy yordam yubormoqda. Dronlar orqali kuzatuv va qutqaruv ishlari ham olib borilmoqda. Rasmiylar janubiy hududlarda taxminan 3 million kishi zarar ko‘rganini bildirdi.

Malayziya: 34 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi

Qo‘shni Malayziyada ham uzluksiz yomg‘ir kuchli suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Yetti shtatda suv toshqinlari qayd etilgan, ikki kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. 34 mingdan ortiq aholi vaqtinchalik markazlarga ko‘chirilgan.

Indoneziya: Sumatrada kuchli siklon va ko‘chkilar

60 million aholi yashaydigan Sumatra orolida tropik siklon katta talofatlarga sabab bo‘ldi. Sel, ko‘chki va ko‘tarilgan suv oqibatida kamida 100 kishi bedarak yo‘qolgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?