Vashington viza lotereyasi dasturini to‘xtatmaydi va unga hech qanday o‘zgartirish kiritmaydi. Bu haqda «TASS axborot agentligi»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.
"Ayni vaqtda "Viza turfaligi lotereya dasturi"ga hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmaydi", deyilgan xabarda.
1 noyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda sodir etilgan teraktdan keyin grin-kartani bekor qilish lozimligini aytgan. "Men qadr-qimmatlarga asoslangan tizimni istayman. Biz bunday migratsiyani qo‘llab-quvvatlaymiz, demokratlardan hech qanday boshqa lotereya kerakmas. Biz kuchliroq va aqlliroq bo‘lishimiz lozim", deb yozgan Tramp.
31 oktyabrda Nyu-Yorkdagi teraktni amalga oshirgan, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Soipov AQShga aynan grin-karta orqali kelgan.
Diversity Immigrant Visa lotereyasi AQSh davlat departamenti tomondan o‘tkazib kelinadi. Har yili AQShga migratsiya darajasi kam bo‘lgan davlatlar fuqarolariga AQShda doimiy yashash huquqini beruvchi 55 mingta lotereya o‘ynaladi. Ta’kidlanishicha, g‘oliblar kompyuter yordamida tasodifiy tanlov yo‘li bilan aniqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi