00:50 / 24.01.2018
5 465

Oq uy yonida pistolet bilan qurollangan shubhali shaxs qo’lga olindi

Oq uy yonida pistolet bilan qurollangan shubhali shaxs qo’lga olindi
AQSH maxsus xizmati xodimlari Oq uy yonida pislotel bilan qurollangan shubhali shaxsni qo’lga oldilar.

Xabarda aytilishicha, ushbu shaxs o’z mashinasini to’xtatib turgan joyda politsiya e’tiborini jalb qilgan va qonunni himoya qilish xodimlari tomonidan uning harakatlari g’ayrioddiy deb baholagan.

Mashina egasi bir necha bor pastga tushib, atrofga nazar tashlagan va salon ichiga qaytgan.

Politsiya tomonidan erkakning yonida o’qlangan pistolet borligi aniqlandi. Shundan keyin u qo’lga olindi va Vashington shahar politsiya boshqarmasiga olib ketildi. Erkakka o’z yonida ro’yhatdan o’tkazilmagan qurolni olib yurish aybi qo’yilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy yonida pistolet bilan qurollangan shubhali shaxs qo’lga olindi