15:40 / 25.11.2015
6 190

Tunisda 30 kun muddatga favqulodda holat joriy etildi

Tunisda 30 kun muddatga favqulodda holat joriy etildi

Tunis rasmiylari mamlakat hududida 30 kun muddatga favqulodda holat joriy etishga qaror qildi. Bu haqda Reuters manbalariga tayanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Favqulodda holat joriy etilishi haqida mamlakat prezidenti Beji Koid as-Sabsi ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning qo‘riqchilari ketayotgan avtobusning portlatib yuborilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi.

Portlash Tunis ichki ishlar va turizm vazirliklari yaqinida ro‘y bergan. Terakt avtobus ichida o‘zini portlatib yuborgan xudkush tufayli sodir bo‘lgani aytilmoqda.


Manba: Daryo.uz


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Tunisda 30 kun muddatga favqulodda holat joriy etildi
[/banner_pushhouse