
Apple o‘zining iPhone 18 smartfonlarida TSMC ishlab chiqargan 2-nanometrli chipdan foydalanishni rejalamoqda, deb pepelac.news xabar berdi.
Insayderlar va tahlilchilarga ko‘ra, bu texnologiya ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli oshiradi va natijada iPhone narxi ham ko‘tariladi. Oldingi modellarda 5nm’dan 3nm ga o‘tishda GPU 20%, CPU 10% va sun’iy intellekt dvigateli 2 baravar tezlashgan. iPhone 17 da esa N3P nomli 3nm versiya ishlatiladi, ammo iPhone 18 bilan 2nm texnologiyasi ilk bor qo‘llanadi.
TSMC 2nm chiplar ishlab chiqarishni 2025 yil oxirida boshlaydi, Apple esa birinchi mijoz bo‘ladi. Bu maqsadda kompaniya ikki yangi zavod qurmoqda.
AQShning yangi boj siyosati ham narx oshishiga sabab bo‘lishi mumkin. Natijada, iPhone 18 Apple tarixidagi eng qimmat modelga aylanishi ehtimoli bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar