O‘zbekiston U-17 bosh murabbiyi kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

1 daqiqa o'qish20.1K
O‘zbekiston U-17 bosh murabbiyi kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Sadriddin Hasanov KXDRga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Islombek Ismoilov:
— Avvalo, butun O‘zbekiston xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Bizni qo‘llab-quvvatlagan, bizga yordamini ayamagan har bir insonga minnatdorlik bildiraman. Qiyin o‘yin bo‘ldi, chunki raqibimiz jismoniy jihatdan juda kuchli edi. Bor energiyamiz va ishtiyoqimiz bilan harakat qildik. Bu kunga qadar juda ko‘p tayyorgarlik ko‘rdik va g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik.

Raqibga ko‘rsatilgan qizil kartochka haqida:
— Albatta, qizil kartochka bizga biroz yordam berdi. Avval ta’kidlaganimdek, raqib o‘tkazgan barcha o‘yinlarida, 90 daqiqa davomida tinimsiz pressingda ishlashiga guvoh bo‘ldik. Ularga qarshi o‘ynagan jamoalar o‘z jarima maydonlari atrofida himoyalanishgan, biz esa himoyamizni raqib maydonidan boshlab qurishga harakat qildik. Aniq ayta olamanki, KXDR jamoasi to‘liq tarkib bilan o‘ynaganida ham, biz o‘z uslubimizdan chekinmas edik. Tanaffus vaqtida futbolchilarga bir lahza bo‘lsa ham xotirjamlikka berilmaslik va hujumlar sonini oshirish haqida ko‘rsatma berdik. Biz har qanday holatda ham ularni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Sadriddin Hasanov:
— Avvalo, xalqimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Meni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb tanlaganlari uchun tashkilotchilarga rahmat aytaman. Murabbiylarimiz tomonidan yuklatilgan vazifalarni bajardik va g‘alabaga erishdik. Penaltidan foydalana olmaganimizdan so‘ng, tushkunlikka tushmadik, bir-birimizni qo‘llab-quvvatladik va o‘z maqsadimizga erishdik. Biz bu kunlar uchun 3 yil davomida mehnat qildik. Nasib bo‘lsa, turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytmoqchimiz.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?