date
views 3 460

U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston KXDRni yirik hisobda yengib finalga chiqdi!

U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston KXDRni yirik hisobda yengib finalga chiqdi!
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ikkinchi yarim finali bo‘lib va unda yurtdoshlarimiz 3:0 hisobida raqibini mag‘lub etib Osiyo kubogi finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida Sadriddin Hasanov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 10 daqiqa o‘tib raqiblarimiz bir kishi kam bo‘lib qoldi. Ikkinchi bo‘limning 62-daqiqasida Jamshidbek Rustamov ajoyib zarba bilan hisobni 2 taga yetkazib qo‘ygan bo‘lsa, 3 daqiqa o‘tib Abubakir Shukurullayev oradagi farqni yiriklashtirib o‘yin taqdirini hal qildi.

O‘zbekiston - KXDR 3:0
Gollar
: 1:0 – 31, Sadriddin Hasanov (Muhammad Habibullayev), 2:0 – 62, Jamshid Rustamov (Abubakr Shukurullayev), 3:0 – 65, Abubakr Shukurullayev.

O‘zbekiston - 21. Ne’matulloh Rustamjonov, 3. Muhammad Hakimov, 4. Mo‘minxon Bahodirxonov, 6. Miraziz Abdukarimov, 7. Sadriddin Hasanov, 10. Muhammad Habibullayev (22. Farid Abdullayev, 77), 11. Sayfiddin Sodiqov (17. Jamshid Rustamov, 46), 15. Muhammadali Musaxonov, 18. Abubakr Shukurullayev (16. Aziz Abdumo‘minov, 77), 19. Azizbek Erimbetov (13. Abdulloh Fazliddinov, 86), 20. Aslbek Aliyev (9. Nurbek Sarsenbayev, 61).
Zaxiradagilar: 1. I Shokirov, 2. Botiraliyev, 5. Murodov, 8. Muhammadov, 12. Izbaskanov, 14. Saidmurodov, 23. Mahmudjonov.

KXDR - 1. Jong Xyon-Ju, 2. Kang Myong-Bom, 3. Choy Chung-Xyok, 5. Choy Song-Xun, 6. An Jin-Sok, 7. Ri Kyong-Bong (11. Ri Kang-Rim, 38), 9. Pak Kvang-Son, 10. Kim Yu-Jin, 12. O Von-Mu, 17. Kim Taye Guk (22. Xan Il-Bok, 80), 20. Ri Kan-Son.
Zaxiradagilar: 4. Xan Chung Guk, 8. Ri Ro-Gvon, 13. Ri Taye-Myong, 14. Kvak Tong-Myong, 15. Kim Se-Ung, 16. Rak Jin Gvang, 18. Min Chol-Gyong, 19. Pak Ju-Von, 21. Jon Yong-Un, 23. Yu Kuk-Taye.

Ogohlantirishlar: Kang Myong-Bom (20), Azizbek Erimbetov (37), Kim Taye Guk (37), Ri Kang-Rim (55), Nurbek Sarsenbayev (73), Abubakr Shukurullayev (75).
Chetlatish: Kang Myong-Bom (40).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston KXDRni yirik hisobda yengib finalga chiqdi!