date
views 9 023

De Bryyne ketmoqda — Husanov uchun imkoniyat

De Bryyne ketmoqda — Husanov uchun imkoniyat
"Manchester City"ning eng mashhur o‘yinchilaridan biri Kevin De Bryyne klubni tark etishga tayyor, deb Offside.kz sayti xabar berdi. U erkin agent sifatida AQShning “Chicago Fire” klubi bilan muzokaralarda.

Futbol insayderi Fabrizio Romano’ning so‘zlariga ko‘ra, De Bryyne yaqin haftalarda turli variantlarni ko‘rib chiqadi, biroq “Chicago Fire” jiddiy qiziqish bildirgan.

Uning ketishi “City”da yangi avlod etakchilari paydo bo‘lishi uchun imkoniyat ochadi. Pep Gvardiola ayni damda Abdulkodir Husanov, Omer Marmoush va Erling Haaland kabi futbolchilarga tayangan.

Ayniqsa, Husanov uchun bu katta sinov va imkoniyat. Foden va Grealish Dey Bryyne va Gündogandan qolgan rolni to‘liq bajara olmayapti. Markazda yangi nomlar kerak.

Bu holat Husanovning yuksalishi uchun ayni fursat bo‘lishi mumkin. “City” yangi davrga qadam qo‘ymoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » De Bryyne ketmoqda — Husanov uchun imkoniyat