date
views 5 486

Xitoyda nikoh qoidalari yengillashdi — endi oila qurish osonroq!

Xitoyda nikoh qoidalari yengillashdi — endi oila qurish osonroq!
Xitoy hukumati aholini oila qurishga rag‘batlantirish maqsadida nikohni rasman ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini soddalashtirishga qaror qildi. Yangi tartib 2025 yil 10 maydan kuchga kiradi. Bu haqda mamlakatning rasmiy Xinhua agentligi xabar berdi.

Qo‘lda faqat kerakli hujjatlar bo‘lsa bas

Endi nikohdan o‘tish uchun faqatgina uchta asosiy hujjat talab qilinadi:
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat,
  • tomonlarning boshqa nikohi yo‘qligi to‘g‘risida maʼlumot,
  • juftlik o‘rtasida uch avlodgacha yaqin qarindoshlik yo‘qligi to‘g‘risida tasdiqnoma.

Ilgari esa bundan tashqari uy xo‘jaligi ro‘yxati (propiska) kitoblari ham taqdim etilishi shart edi. Yangi qoidalar ana shunday talablarni bekor qildi.

Mehnat migrantlari uchun qulaylik

Eng katta o‘zgarishlardan biri — endi xitoyliklar doimiy ro‘yxatga olingan manzilidan tashqari hududlarda ham nikoh tuzishlari mumkin. Bu esa mamlakatda ishlash yoki yashash maqsadida boshqa shaharga ko‘chgan millionlab fuqarolar uchun katta yengillik yaratadi.

Rasmiylar taʼkidlashicha, mazkur islohotlar vaqt va mablag‘ni tejashga xizmat qilib, yoshlarni rasman nikohdan o‘tishga rag‘batlantiradi.

So‘ngi yillarda nikoh soni pasaymoqda

2024 yilda Xitoyda 6,1 million juftlik nikohdan o‘tgan. Solishtirish uchun, 2023 yilda bu raqam 7,68 million edi. Demak, rasman oila qurayotganlar soni sezilarli darajada kamaygan.

Mutasaddilar ushbu tendensiyani o‘zgartirish uchun turli choralar ko‘rayotganini bildirishmoqda. Yaqin yillar davomida oilaviy munosabatlar va farzandli bo‘lishni targ‘ib qilish Xitoy siyosatida muhim yo‘nalishga aylanishi kutilmoqda.

Xitoyda oila qurish uchun yo‘llar kengaymoqda va talablar qisqarmoqda. Bu esa nafaqat byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi, balki yoshlar orasida oilaviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo