date
views 170

O‘zbekiston SpaceX bilan sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalamoqda

O‘zbekiston SpaceX bilan sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalamoqda
O‘zbekiston Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan hamkorlikda sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda, deb kursiv.media xabar berdi.

“Uzbekkosmos” agentligining ma’lum qilishicha, bu masala O‘zbekiston delegatsiyasining Los-Anjelesga tashrifi davomida muhokama qilingan. Rejalashtirilgan loyiha doirasida yo‘ldosh Yaponiyadagi Kyushu Texnologiya institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar tomonidan yig‘iladi.

SpaceX, shuningdek, Toshkentga 2035-yilgacha mo‘ljallangan milliy kosmos strategiyasini takomillashtirishda yordam berishga tayyorligini bildirgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Space Symposium forumida ham ishtirok etdi. Forum doirasida Fransiyaning Novaspace kompaniyasi bilan hamkorlik haqida kelishuvga erishildi. Novaspace O‘zbekistonning kosmos sohasidagi strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston SpaceX bilan sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalamoqda