
Yevropa Ligasi 2024/25 mavsumining yarim final bosqichiga chiqqan jamoalar aniq bo‘ldi, deb Euro-Football.ru sayti xabar berdi.
Chorak finaldan so‘ng quyidagi jamoalar keyingi bosqichga yo‘l oldi:
• Tottenxem — “Ayntraxt Frankfurt”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi
• Atletik Bilbao — “Reyndjers” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi
• Manchester Yunayted — “Lion”ni ekstra taymda 7:6 hisobida yengdi
• Bude-Glimt — “Latsio”ni penaltilarda mag‘lub etdi (3:3 natija asosida)
Yarim final juftliklari:
• Atletik Bilbao — Manchester Yunayted
• Tottenxem — Bude-Glimt
Uchrashuvlar 1 va 8 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Final 21 may kuni Bilbaodagi “San-Mames” stadionida o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar