AQSH – Rossiya muzokaralarida jiddiy bosqich: Putin o‘t ochishni to‘xtatadimi?

1 daqiqa o'qish1.1K
AQSH – Rossiya muzokaralarida jiddiy bosqich: Putin o‘t ochishni to‘xtatadimi?
Vashington Rossiyadan Ukraina bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifga shu haftaning oxirigacha javob kutmoqda. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

“Ularning javobini juda yaqin kunlarda eshitamiz. Biz qatllarni to‘xtatishni xohlaymiz”, — dedi u.

Shuningdek, Tramp 24 aprelgacha AQSH va Ukraina tabiiy resurslar bo‘yicha bitim imzolashi mumkinligini bildirgan. Bu bitim Ukrainaga ko‘rsatilgan harbiy yordam “qarzi”ni qoplashga xizmat qiladi. Bloomberg‘ga ko‘ra, bu mablag‘ muzokaralar paytida 300 milliard dollardan 100 milliardgacha qisqartirilgan.

Agar Putin rozi bo‘lmasa, nima bo‘ladi?

Axios ma’lumotlariga ko‘ra, agar Rossiya aprel oxirigacha o‘t ochishni to‘xtatmasa, AQSH tomoni sanksiyalarni kuchaytirishga tayyor. Shu jumladan, Rossiya neftini xarid qilayotgan davlatlarga 500% gacha boj joriy qilinishi mumkin.

Fox News xabariga ko‘ra, Tramp muzokaralarni cho‘zilayotganidan Putindan norozi. Oq uy esa Rossiyaning “soya floti”ga nisbatan keskin choralar ko‘rishni muhokama qilmoqda.

Energetik moratoriy masalasi nima bo‘ladi?

18 aprel kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasida energetik obyektlarga nisbatan o‘zaro zarba bermaslik bo‘yicha moratoriy tugaydi. Kreml uni uzaytirish haqida hozircha rasmiy ma’lumot bermagan. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov AQSHga “anik signallar” berilganini ma’lum qilgan.

Kreml nima demoqda?

Dmitriy Peskov muzokaralarda murakkabliklar borligini aytdi:
“Jarayon ancha murakkab ketmoqda”, — deb ta’kidlagan u. Bunga sabab sifatida Kiyev rejimi va YEI davlatlari ko‘rsatilgan.

The Moscow Times ma’lumotlariga ko‘ra, Putin muzokaralarda hali ham maksimalistik pozitsiyani saqlayapti. Rossiya tomoni Donetsk, Lugansk, Zaporojjya va Xersonni to‘liq ma’muriy chegarasi bilan RF tarkibiga qo‘shishni talab qilgan. Bundan tashqari, Dnepropetrovsk yoki Sumining bir qismini bosib olib, keyin uni almashish taklif qilingan.

Siz nima deb o‘ylaysiz: Rossiya o‘t ochishni to‘xtatadimi yoki yangi bosimlar kutilyaptimi?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?