
14 aprel, dushanbaga o‘tar kechasi Tojikistonda 4,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb zamin.uz xabar berdi.
Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markaziga ko‘ra, zilzila soat 5:44 (Toshkent vaqti) da Rashtra shahridan 23 km uzoqlikda, 5 km chuqurlikda ro‘y bergan.
Hozircha qurbonlar yoki zarar ko‘rganlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.
13 aprelda esa Tojikistonda ikkita kuchli zilzila ro‘y bergan edi. Ularning epitsentrlari Rashtra tumani yaqinida, Dushanbedan 180 km sharqda bo‘lgan.
AQSH Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi zilzila 5,8 magnitudali bo‘lgan va O‘zbekiston hududida ham sezilgan. Toshkentda 2 ballik yer silkinishi qayd etilgan.
So‘ngra soat 12:14 da ikkinchi zilzila sodir bo‘lgan. EMSC mutaxassislari uni 4,2 magnitudali deb baholagan.
13 aprel kuni RIA Novosti Tojikiston rasmiylariga tayangan holda, zilzila oqibatida 3 yoshli bola halok bo‘lganini xabar qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar