Keniyada 5 mingta chumoli bilan qo‘lga tushgan yoshlar hibsda

1 daqiqa o'qish8K
Keniyada 5 mingta chumoli bilan qo‘lga tushgan yoshlar hibsda
Foto: Reuters
Keniyaning Nakuru okrugida Belgiya fuqarosi bo‘lgan ikki yosh yigit tabiat boyliklarini noqonuniy tashishda gumonlanib hibsga olindi, deb Euronews ma’lum qildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ularning yonidan kichik probirkalarga joylangan 5 mingta chumoli topishdi. Yigitlar ushbu hasharotlarni ermak uchun yig‘ishganini va bu ish qonunga zid ekanini bilmaganini aytgan. Ular Nayrobidagi sudga olib borildi.

Shu paytda sud zalining o‘zida yana ikki kishi — Keniya va Vyetnam fuqarolari ham chumoli kontrabandasida ayblanib, ish qo‘zg‘atildi.

Keniya Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish xizmati (KWS) ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar Osiyo va Yevropadagi yashirin bozorlar uchun hasharotlarni noqonuniy eksport qilish bilan shug‘ullangan.
Keniyada 5 mingta chumoli bilan qo‘lga tushgan yoshlar hibsda
"Chumolilarni qonuniysiz eksport qilish — nafaqat Keniyaning biologik turlilik borasidagi huquqlariga putur yetkazadi, balki mahalliy jamoalar va ilmiy muassasalarning muhim ekologik va iqtisodiy manfaatlarini ham yo‘qqa chiqaradi", — deyiladi KWS bayonotida.

Ma’lumki, Keniya ilgari asosan fil, karkidon, pangolin kabi yirik hayvonlar savdosiga qarshi kurash olib borgan. Ammo so‘nggi vaqtda noqonuniy savdo e’tiborni kichik, ammo tabiat uchun muhim bo‘lgan turlarga qaratayotgani kuzatilmoqda.

Qo‘lga olingan chumolilar taxminan 7 ming yevroga baholangan. Bu narx hasharot turiga va jahon bozoridagi talabga qarab o‘zgarishi mumkin.

Afrika yovvoyi tabiati fondining vitse-prezidenti Filip Muruti shunday deydi: "Chumolilar tuproqni boyitadi, urug‘larni tarqatadi, qushlarni oziq bilan ta’minlaydi. Agar ularga talab bo‘lsa, savdosi qonuniy tartibga solinishi shart. Bizning tabiiy resurslarimiz shunchaki tortib olinishi mumkin emas."

Barcha ayblangan to‘rt nafar shaxs 23 aprelgacha hibsda qoladi. O‘sha kuni navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tadi.

Siz nima deb o‘ylaysiz: tabiat boyliklarini himoya qilishda yangi yondashuvlar kerakmi?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?