00:39 / 08.04.2018
7 708

Silovsin va ilonning ayovsiz olishuvi videoga olindi

Silovsin va ilonning ayovsiz olishuvi videoga olindi
AQShning Arizona shtatida Shimoliy Amerika silovsini va shaqildoq ilonning olishuvi guvohlar tomonidan videoga olindi. Voqea xususiy uylardan biri yaqinidagi yo‘lda yuz bergan.

Olishuv bir daqiqacha davom etgan. Natijada silovsin g‘olib chiqib, ilonni tishlagancha o‘zi bilan olib ketgan.

“Yaxshiyamki, biz mashinada edik. Agar piyoda ketayotganimizda, men aniq u yerga yaqinlashmagan bo‘lardim, shunchaki qochib ketardim. Bunday vaqtda bu ikki jonzot orasiga tushib qolishni istamagan bo‘lardim”, deb aytgan voqea guvohlaridan biri.

Silovsinga shaqildov ilon zahri ta’sirsiz hisoblanadi. Agar ilon silovsinni chaqqanda ham unga hech narsa qilmagan bo‘lardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Silovsin va ilonning ayovsiz olishuvi videoga olindi