Rossiya poytaxti Moskva shahrida minglab odamlar telegramni bloklashga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 16 apreldan boshlab mamlakatda telegram messenjerini bloklash tartibi boshlangan.
Moskvada bo‘lib o‘tayotgan namoyishda 7,5 ming kishi ishtirok etayotgani qayd etildi. Ular qo‘llariga yozuvli bannerlarni ko‘tarib olishgan. Poytaxt aholisi telegram messenjerini qo‘llab-quvatlashlarini ta’kidlashmoqda.
Namoyish ishtirokchilari qog‘ozdan telegram ramzi bo‘lgan qushni yasab atrofga uchirishgan. Politsiya vaziyatni nazoratga olgan bo‘lib, namoyishlar chog‘ida tartib saqlangan va fuqarolar xavfsizligi ta’minlangan.
Telegramni bloklash boshlanganidan so‘ng, ushbu dastur davlat xavfsizlik xizmatlariga shifrlangan xabarlarga kirish huquqini beruvchi sud qaroriga rioya qilishdan bosh tortgan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa zaruriy holat yuzasidan ayrim xabarlarga kirishi kerakligini ta’kidlamoqda. Dasturni bloklash jarayonida"Roskomnadzor" davlat nazorat punkti boshqa veb-saytlarga kirishni to‘xtatgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi