Lyuksemburg hukumati mamlakatdagi barcha jamoat transportini bepul qilib qo‘ymoqchi.
The Independent ma’lumotiga ko‘ra, gersoglik avtobuslari, tramvaylari va poyezdlarida safar qilishga haq to‘lash 2019 yilning yozida bekor qilinadi. Rasmiylarning fikricha, bu chora Lyuksemburgdagi ekologik vaziyatni yaxshilashda hamda tirbandliklardan qutilishda yordam beradi.
Hozirgi kunda kichik davlatning deyarli butun hududini qamrab oluvchi 2 soatlik safar narxi 2 yevroni, biznes klassda 3 yevroni tashkil qiladi. Jamoat transportining har bir turi uchun ikkinchi klassga butun kun uchun chipta narxi 4 yevro turadi. Bolalar bepul sayohat qiladi, ko‘plab yo‘lovchilar yillik «abonement» sotib olish huquqini qo‘lga kiritadi, u butun jamoat transporti uchun 150 yevroga tushadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi