Xitoyning Oyning orqa tomoniga qo‘ngan “Chan’e 4” zondi bortida Lunar Micro Ecosystem mini-biosferasi yaratish bo‘yicha tajriba doirasida paxta urug‘laridan biri nish urdi. Shu tariqa Yerning tabiiy yo‘ldoshida Oy gravitatsiyasi sharoitida o‘sib chiqqan tarixdagi ilk va yagona o‘simlik paydo bo‘ldi.
Lunar Micro Ecosystem o‘zidan uzunligi 18 santimetr va diametri 16 santimetr bo‘lgan silindrni aks ettirib, uning ichida paxta, raps, kartoshka va biologik tadqiqotlar uchun model organizm sifatida qo‘llanuvchi Arabidopsis thaliana deb nomlanuvchi o‘simlik bor. Bundan tashqari, konteynerga hasharotlar tuxumlari joylashtirilgan. Ular ochib chiqqandan keyin nafas olib, o‘simliklar uchun kerak bo‘ladigan karbonat angidrid ishlab chiqarishi kutilmoqda. Olimlarning g‘oyasiga ko‘ra, bunda sayyoramizdagi sharoitlarga o‘xshash, biroq past darajadagi gravitatsiya sharoitidagi yopiq mini-biosfera shakllanishi kerak.
Tirik organizmlarning paydo bo‘lishi va o‘sishi ortidan kuzatuvchi mini-kamera olgan suratda paxta urug‘laridan faqat bittasi nish urganini ko‘rish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi