06:28 / 14.02.2019
5 656

Hindistonda maymun 2 yashar bolani tortib olib, ota-onasiga qaytarishni xohlamayapti…

Hindistonda maymun 2 yashar bolani tortib olib, ota-onasiga qaytarishni xohlamayapti…
U qadar yoqimli bo‘lmagan voqea Hindistonning Xaryana shtatida sodir bo‘ldi. Maymun xonadonlarning biriga kirdi-da, ikki yashar bolani onasidan tortib oldi. Ayol qiziqsinibmi, qo‘rqibmi, bu manzarani videoga olishni lozim topdi. Kadrda shunday manzara tasvirlangan.

Maymun bolakayni mahkam bag‘riga bosgancha tek o‘tiribdi. Ayol “Bolamni ber,!”, deya farzandi tomon qo‘l cho‘zyapti. Maymun bo‘lsa, uning qo‘lini siltab tashlab, bolakayni mahkam quchoqlab olyapti. Ora-orada uning boshini silab o‘zicha tinchlantirgan ham bo‘lyapti. Keyinchalik bu bolaning taqdiri qanday kechgani haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil noyabrida Hindistonning Uttar-Pradesh shtatiga qarashli Agra shahrida ona chaqalog‘ini emizib o‘tirganda, maymun katta tezlikda yugurib kelgan-u, chaqaloqni tortib olib qochib ketgan. Ancha nariga borgach, uylardan biri tomiga chiqib, o‘sha yerda chaqaloqning boshini tishlab tashlagan. Oqibatda chaqaloq halok bo‘lgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda maymun 2 yashar bolani tortib olib, ota-onasiga qaytarishni xohlamayapti…