18:18 / 30.05.2019
3 055

Shotlandiya Buyuk Britaniyadan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazadi

Shotlandiya Buyuk Britaniyadan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazadi
Foto:Picture Alliance
Shotlandiya hukumati mamlakatning Buyuk Britaniyadan mustaqil ekanligi haqidagi ikkinchi marta referendum o‘tkazish ko‘zda tutilgan qonun loyihasini e’lon qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Hujjatda Shotlandiyaning Buyuk Britaniya tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi referendum 2021 yilgacha o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Shotlandiya bosh vaziri Nikola Sterjenning ta’kidlashicha, ushbu saylov aholiga «Yevropa xalqi» yoki «bo‘yniga Brexit ilingan» davlat bo‘lishni tanlash imkoniyatini beradi.

O‘tgan yili OAVlar Shotlandiya Buyuk Britaniya tarkibidan ikkinchi referendumsiz chiqib ketishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shotlandiya Buyuk Britaniyadan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazadi