22:57 / 17.11.2019
8 303

Lab bo'yoqlari qanday ixtiro qilingan?

Lab bo'yoqlari qanday ixtiro qilingan?
Ayollarimizning go‘zalligiga husn qo‘shuvchi makiyaj eng asosiy vositalaridan biri bu, shubhasiz lab bo‘yoqlaridir. Xo‘sh, lab bo‘yoqlari dastlab qanday paydo bo‘lgan?
Ayol va qizlarimiz labiga suruvchi lab bo‘yog‘i tarkibida rang va himoyalovchi pigmentlar, yog‘lar, mumlar va yumshatuvchi moddalar mavjuddir. Pomadaning ko‘pgina turlari mavjud bo‘lib, ular turli maqsadlarda ishlab chiqariladi. U kichikroq quvurlarda qadoqlanadi va odatda uning diametri 10 mm va uzunligi 50 mmga teng.

Pomadaning tarixi 5000 yil oldingi shumerlarga borib taqaladi. O‘sha davrlarda shumerlik erkak va ayollar qimmatbaho toshlarni maydalab, undan yuzlari va lablarini bo‘yashda foydalanishgan. Qadimgi Misr malikasi Kleopatra lablarini bo‘yash uchun kana hasharotini maydalab, undan foydalangan. Qadimgi Indus vodiysida yashagan ayollar lab bo‘yog‘i sifatida qirrali uchlari bo‘lgan to‘rtburchak oxra mineral tuzining bo‘lakchalaridan foydalangan.

Qadimgi misrliklarda lab bo‘yog‘i surish insonning jinsini emas, balki uning ijtimoiy mavqeini belgilab bergan. Ular qizil bo‘yoqni fukus-algin, 0,01%li yod va ba’zi brom mannitlaridan tayyorlashgan. Biroq bu turli xil kasalliklarni keltirib chiqargan. Yorqin effektli lab bo‘yoqlarini dastlab baliq tanasidagi tangachalardan foydalanib ishlashgan.

Xitoyliklar nozik terisini himoya qilish uchun ming yil oldin asal mumidan yasalgan birinchi lab bo‘yoqlarining ayrimlarini yasashga muvaffaq bo‘lishgan. Tang sulolasi davrida (mil. 618-907) ularga xushbo‘y moylar qo‘shilgan bo‘lib, ular lablarga jalb qiluvchi omilga aylanishgan.

Avstraliyada aborigen qizlar balog‘atga yetish marosimlari uchun lablarini qizil rangga bo‘yashardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lab bo'yoqlari qanday ixtiro qilingan?