date

Arteta: "Jamoa ajoyib o'yin ko'rsatdi"


“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta “Tottenhem”ga qarshi o‘yinda 4:1 hisobida erishilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘yinning qahramoni Eberechi Eze bo‘ldi, u xet-trik qayd etdi, yana bir golni Leandro Trossar kiritdi.

“Shporlar” safida esa Richarlison gol urdi. "O‘yinning har bir daqiqasidan zavq oldim.

Bu biz uchun alohida kun edi. Maydondagi barcha jihatlarda o‘zimizni ko‘rsatishimiz muhim edi, lekin barchasi intensivlik va yakkakurashlarni yutishdan boshlanadi.

Birinchi bo‘limni ajoyib o‘tkazdik, ikkinchi bo‘limda esa ishonchni saqlab qoldik. Ba’zi jihatlarni yanada yaxshiroq bajarishimiz mumkin edi, lekin umuman olganda, jamoa ajoyib o‘yin ko‘rsatdi", – dedi Arteta Sky Sportsga bergan intervyusida.

“Arsenal” Premyer-liga turnir jadvalida yetakchilikni saqlab qolmoqda va ikkinchi o‘rindagi “Chelsi”dan olti ochkoga oldinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta: "Jamoa ajoyib o'yin ko'rsatdi"