date

Megan Markl va shahzoda Garri qizini hech qanday «qirollik odatlari»siz tarbiyalamoqda

Megan Markl va shahzoda Garri qizini hech qanday «qirollik odatlari»siz tarbiyalamoqda

Megan Markl Harper’s Bazaar jurnaliga bergan intervyusida shahzoda Garridan tug‘ilgan qizi haqida kamdan-kam aytiladigan fikrlar bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, qizaloq ish uchrashuvlari paytida — brendining budjeti muhokamasi bo‘ladimi yoki kreativ loyihalar bo‘ladimi — tez-tez onaning tizzasiga o‘tirib oladi.

Meganning ta’kidlashicha, unga omad kulib boqqan: uning ofisi oshxona yonida joylashgani uchun u uydan ishlab, farzandlariga yaqin bo‘la oladi. Uningcha, bu «katta ne’mat».

Aktrisa shuningdek, biznesda yaxshi namuna bo‘lish uning uchun juda muhimligini aytadi. Chunki farzandlari — Lilibet va ukasi Archi — hozir hamma narsani tez qabul qiladigan yoshda. Megan o‘zini ideal deb hisoblamaydi, xatolar qiladi, ammo bolalarini jasurlikka o‘rgatadi: «Men ular jasurlikning qadrini ko‘rishlarini istayman», — deydi u.

Shahzoda Garrining shaxsiy xususiyatlari ham tarbiyada muhim ahamiyatga ega. Meganning ta’kidlashicha, unda bolalarcha samimiylik va o‘yinqaroqlik bor va u bu xususiyatni oilaviy ham, ish hayotida ham namoyon qilishga harakat qiladi.
Meganning fikricha, mukammallikka intilishning hojati yo‘q: insonning maqsadi faqat muvaffaqiyat emas, balki baxt ham bo‘lishi kerak. «Hech narsa ideal emas… Men bolalarim bilan birga o‘rganaman, rivojlanaman va xatolar qilaman», — deydi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Megan Markl va shahzoda Garri qizini hech qanday «qirollik odatlari»siz tarbiyalamoqda