
Madridning "Real" klubi La Liganing 13-turida "Elche"ga qarshi safardagi o‘yinida g‘alaba qozona olmadi (2:2). "Qirollik klubi" ikki bor hisobda ortda qolgan bo‘lsa-da, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida muvozanatni tikladi.
87-daqiqada qutqaruvchi golni Jud Bellingem kiritdi. "Bu futbol.
So‘nggi paytlarda natijalarimiz kutilganidek emas, bundan norozi bo‘lsak-da, oldinda hali ko‘plab o‘yinlar bor. Jamoa ruhiy jihatdan kuchsizlanmagan – kurashni davom ettiryapmiz.
Har bir o‘yinning o‘z konteksti bor. Biz o‘zimizga tanqidiy qaraymiz va yanada yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz kerakligini yaxshi bilamiz.
Muammolarga to‘g‘ri javob berish muhim," – deya taʼkidladi "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso matbuot anjumanida. Madrid jamoasi 32 ochko bilan musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda.
Undan keyingi o‘rinlarda "Barselona" (31 ochko), "Vilyarreal" (29 ochko) va "Atletiko" (28 ochko) joylashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.