date

Tottenxem murabbiyi yirik mag'lubiyatni izohladi


Tottenxem bosh murabbiyi Tomas Frank shanba kuni boʻlib oʻtgan shimoliy London derbisida "Arsenal"ga qarshi o'yinda 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. "Kanonirlar" safida Eberechi Eze xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Leandro Trossar yana bir gol urdi.

Tottenxemning yagona javob goli esa Risharlison tomonidan kiritildi. Qiziqarli tomoni shundaki, "shporlar" butun o‘yin davomida atigi uchta zarba yo‘llashga erishdi.

"Bu juda og‘ir kecha bo‘ldi, o‘yinimiz muvaffaqiyatsiz o‘tdi. Bunday natija uchun muxlislarimizdan uzr so‘rashga majburmiz.

"Arsenal" bilan tengma-teng kurashishimiz mumkinligiga ishongan edim, lekin bu amalga oshmadi. Endi vaziyatni obdon tahlil qilib, nima o‘zgartirish kerakligini aniqlashimiz zarur.

Biz yetarli darajada agressiv bo‘lmadik, kurashlarda yutqazdik. Bu mag‘lubiyat uchun mas’uliyatni oʻzimga olaman.

Taktik tizim natija bermaydi, agar siz barcha yakkakurashlarni boy bersangiz. Bu mavsumdagi eng og‘riqli mag‘lubiyat edi, lekin undan ham o‘rganish kerak», – dedi Frank BBC bilan suhbatda.

Hozirda Tottenxem Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tottenxem murabbiyi yirik mag'lubiyatni izohladi