Asrlar davomida kutubxonalar katta va kichik shaharlarning diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lib kelgan va kutubxonalar axborot va bilimlar zaxirasi bo‘lib xizmat qilgan. Quyida dunyoga mashhur kutubxonalar va ular haqida ma’lumot beriladi.
Kongress kutubxonasi - bu shubhasiz, dunyodagi eng mashhur va eng katta kutubxona hisoblanib, bu asosan Amerika Qo‘shma Shtatlari milliy kutubxonasidir. U shuningdek, mamlakatdagi eng qadimiy federal madaniy muassasadir va 32 milliondan ortiq kitoblar va 61 million qo‘lyozmalar hamda ko‘plab noyob, tarixiy hujjatlarga ega.
Britaniya muzeyining o‘quv zali - Britaniya muzeyida joylashgan bo‘lib, ushbu kutubxona axborot markazidir. Bu kutubxona ko‘rinishi bilan alohida ajralib turadi.
Bodlean kutubxonasi - Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida joylashgan bo‘lib, ushbu kutubxona Yevropadagi eng qadimgi kutubxonalardan biri va u 1602 yilda tashkil topgan.
Vatikan kutubxonasi - 1475 yilda tashkil topgan bo‘lib, bu dunyodagi eng qadimiy kutubxonalardan biridir. Unda Bibliyaning eng qadimiy to‘liq qo‘lyozmasi va bir milliondan ortiq boshqa turdagi kitoblar bor.
Boston jamoat kutubxonasi - 1848 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu Amerikadagi mashhur kutubxona hisoblanadi va u 22 milliondan ortiq noyob kitoblarni o‘z ichiga olgan.
Shvetsiya Milliy kutubxonasi - ushbu kutubxona Shvetsiyaning barcha bosma nashrdagi kitoblarini o‘zida jamlagan va bu yerda 20 milliondan ortiq turli xil kitoblar mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Qashqadaryoda unashtirilgan qizini pichoqlagan yigitga hukm o‘qildi
Erdo‘g‘an: Damashq va Halab Turkiyaniki bo‘lishi mumkin edi
Eron valyutasi rekord darajada qadrsizlandi
Ukrainadagi qurolli mojaro 2025 yilda tugaydi
Janubiy Koreya prezidenti iste’foga chiqishdan bosh tortdi