Foto: Reuters
Eron riyoli kursi AQSH dollariga nisbatan 2 foizga pasayib, yangi tarixiy minimal darajaga yetdi: 1 dollar uchun 756 ming riyol. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Eron valyutasi noyabr oyida, mamlakatga «maksimal bosim» o‘tkazishga va’da bergan Donald Trampning AQSH prezidenti saylovida g‘alaba qozonganidan so‘ng faol ravishda arzonlasha boshladi.
O‘tgan haftada Tramp maslahatchilari unga Isroil Harbiy havo kuchlari tomonidan yadroviy inshootlarga zarbalar berishni nazarda tutuvchi Eronni tiyib turish rejasini taklif qilishgan edi. Ushbu rejaning bir qismi sifatida AQSH Isroilga Eron yadroviy inshootlarini ishdan chiqaradigan «zamonaviy qurollarni» topshirishi kerak.
Bundan tashqari, noyabr oyi oxirida BMT Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentligi (AEXA) Eronni mamlakat yadroviy dasturi bo‘yicha muloqot o‘rnatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Aks holda, Eronga nisbatan yangi xalqaro sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin.
Eronga nisbatan bunday ritorika sarmoyadorlarning valyuta bozoridagi xavotirini sezilarli darajada oshirgani ta’kidlanmoqda, bu esa Eron valyutasining rekord darajada qadrsizlanishiga olib kelgan.
Mamlakat fuqarolari ham riyolga ishonchsizlik bildirmoqda – ular o‘z mablag‘larini joriy yilda Eronda 30 foizdan oshib ketgan inflyatsiyadan himoya qilish maqsadida dollar va boshqa xorijiy valyutalarni, shuningdek, oltin va kriptovalyuta sotib olishga sarflamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Oliygoh rektorlari kambag‘al oiladan 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi
Fuqarolarga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Tramp Zelenskiyga zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish kerakligini aytdi
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
Janubiy Koreya prezidenti iste’foga chiqishdan bosh tortdi