17:11 / 15.12.2024
26

Checheniston poytaxti Grozniy yana Ukraina dronlari hujumiga uchradi (video)

Checheniston poytaxti Grozniy yana Ukraina dronlari hujumiga uchradi (video)
Foto: Videodan kadr
Checheniston poytaxti Grozniy shahrida 15 dekabr kuni dronlar hujumi kuzatildi. Bu haqda Chechenistonning muxolifatchi NIYSO Telegram kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Checheniston Ichki ishlar vazirligining OMON bazasi va patrul-post xizmatining 2-polki, shuningdek, Ukrainadagi urushda qatnashayotgan shaxslar tayyorgarlik o‘tayotgan harbiy baza nishonga olingan.

"Dronlar qulaguncha otishma ovozlari aniq eshitildi. Ya’ni, xodimlar dronlarning kelishiga tayyor edi va ularga qarshi o‘q uzdi, ammo baribir hech narsa qila olishmadi", deydi voqea guvohlari.

Ramzan Qodirov uchta dron hujum qilgani, ularning ikkitasi urib tushirilganini tasdiqlagan.

"Hujum qilishga bo‘lgan har qanday urinishga yanada aniqroq va qattiqroq qasos zarbalari bilan javob beramiz", degan u.

Checheniston rahbari bunga javoban Rossiya harbiylari Xarkovdagi obyektlardan biriga ikkita “Iskander” zarbasini yo‘llagani, u yerdagi taxminan 200 nafar ukrainalik yo‘q qilinganini aytdi. Ukraina tomoni mazkur xabarga hali rasmiy munosabat bermagan.

Chechenistonga dronlar hujumi

Bu Chechenistonga dronlarning ilk hujumi emas. Grozniyda joylashgan harbiy baza allaqachon uch marta dronlar tomonidan hujumga uchragan. Oxirgi marta 12 dekabrda kuzatilgan. O‘shanda, Ramzan Qodirov maxsus politsiya polki kazarmalari ustida dron portlashi oqibatida to‘rt nafar qorovul yengil jarohat olganini aytgan. Checheniston rahbari hodisa tufayli Ukrainadagi urushga 84 ming ko‘ngilli askarni yuborish bilan tahdid qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Checheniston poytaxti Grozniy yana Ukraina dronlari hujumiga uchradi (video)