Foto: Oreanda
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov modellarni musulmon ayollarga nomunosib tarzda reklama qilayotgan go‘zallik salonlarini yopishga chaqirdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
"Salonlar namoyish qilish mumkin bo‘lmagan tana qismlarini ko‘rsatuvchi suratlarni tarqatmoqda. Odamlarni buzadigan salonlarni, albatta, yopish kerak", dedi Qodirov.
Checheniston rahbari xizmati tufayli tashrif buyuruvchilar kasalxonaga tushib qoladigan salonlar faoliyatini ham to‘xtatishga chaqirdi. Bundan tashqari, Qodirov yaqin kelajakda Grozniy shahrida erkaklar va ayollar uchun alohida xizmat ko‘rsatadigan 15 ta dorixona ochilishini aytdi. Respublika poytaxtida shunday dorixonalardan biri ochilgan.
Iyun oyida Dog‘istonda sodir bo‘lgan teraktlar, ya’ni cherkov va sinagogalarga hujumlar uyushtirilgach, Rossiyada diniy kiyimlar atrofidagi munozaralar yana qizg‘in tus oldi. Xususan, Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin niqob taqishni taqiqlash tarafdori sifatida chiqdi.
U Dog‘istondagi terakt va Rostov qamoqxonasidagi garovga olish hodisalarini “islomchilar, terrorchilar” amalga oshirganini ta’kidladi. Qodirov bunga javoban undan o‘z fikrlarini ehtiyotkorlik bilan ifodalashni so‘radi.
Checheniston rahbari, shuningdek, uning oilasidagi barcha ayollar o‘z tanloviga ko‘ra hijobdaligini ta’kidladi. Qodirov “ro‘molsiz bo‘lsa ham, kamtarlik, vijdonlilik va odob-axloqning namunasi bo‘lgan” ko‘plab ayollarni bilishini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Yaponiya kompaniyalari Oyda foydali qazilmalarni qazib olmoqchi
Qrim parlamenti rahbari: Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi Zelenskiy uchun signal
Hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi
Rossiya neftini tashiyotgan kemalar Kerch bo‘g‘ozida cho‘kmoqda (video)
Prezident uy-joyga to‘lov qilish bo‘yicha yangi tizim bilan tanishdi