Abbosbek Fayzullayev individual sovrinlarni yig‘ishda davom etmoqda. Yaqinda Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan legionerimiz endi O‘zbekistonda eng yaxshi futbolchiga atalgan sovrinni qo‘lga kiritdi.
21 yoshli hujumkor futbolchimiz mamlakatimiz miqyosidagi ushbu nufuzli sovringa ketma-ket ikkinchi bor ega chiqdi.
Rossiya va O‘zbekiston futbol ekspertlari Abbosbek Fayzullayevning yutuqlariga munosabat va faoliyatini Yevropada davom ettirishi bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.
Dmitriy Xamuxa, SSKA va Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi:
- Abbosbek Fayzullayevning "Yilning eng yaxshi futbolchisi" nominatsiyasida g‘olib chiqqani uning O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida o‘zini yaxshi ko‘rsata olayotgani bilan bog‘liq. Shuningdek, u Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida ham, bizning Premer-ligamizda ham yaxshi o‘ynab keldi.
Bu muvaffaqiyatlarda uning iqtidorini ochib bergan SSKA jamoasining ham hissasi borligi shubhasiz. Fayzullayev Rossiyada yorqin darajada porladi.
Abbos chempionatni yuqori darajada yakunlashi, o‘zining eng yaxshi xislatlarini namoyish qilishi lozim. Shunda unga Yevropadan yaxshi takliflar bo‘ladi. Qishda SSKAdan ketishining ehtimoli kam. Biroq agar SSKAni qoniqtiradigan yaxshi taklif tushsa, bu transfer qishda ham yuz berishi mumkin. Lekin menimcha, Fayzullayev jamoani yozda, chempionat yakunlanganidan keyin tark etadi.
Ja’far Irismetov, “Spartak Moskva” va O‘zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi:
- Abbos ikki yildan beri yuqori saviyada o‘ynayapti va bu sovrinlarning hammasi munosib tarzda qo‘lga kiritildi. “Lans”da o‘ynayotgan Abduqodir Husanov ham bor. Afsuski, bir sovrinni ikkiga bo‘lib berib bo‘lmaydi. Bu borada sovrinlar ko‘proq hujumkor futbolchilarga nasib qiladi.
Ularning har ikkisi ham hali yosh va hali ko‘p bor mamlakatning eng yaxshi futbolchisi nomini bo‘lishib oladi.
Abbosning o‘ziga kelsak, u SSKAning natijalariga ta’sir o‘tkazadigan darajada yetgan, ayniqsa, jamoa o‘yinlari qovushmayotgan pallada, g‘alabalarga juda katta hissa qo‘shib kelmoqda. Endi oldinga qadam tashlaydigan va Yevropani zabt etadigan payt keldi.
Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 21 yoshli legionerga Fransiyaning “Monako” va Ispaniyaning “Real Sosedad” kabi klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali ekspertlari Abbosbek Fayzullayevning transfer summasini 8 million yevro miqdorida baholamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Damashqda komendantlik soati bekor qilindi
13 dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot
Kim tezkor: Shomurodovmi yoki Dibala?
Ruslan Nurudinov o‘zi o‘rnatgan jahon rekordini yangilab, uch karra jahon chempioni bo‘ldi
AQSHning ehtimolli sanksiyalari dovrug‘i ostida rublning kursi yana pasaydi