Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan 80 579 WBA raqamli avtobus haydovchisi YPX xodimlarining to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirib ketgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, holat 2024 yil 13 dekabr kuni yuz bergan.
Ko‘rilgan choralar natijasida avtobus haydovchisi to‘xtatilib tekshirilganda uning mast holatda avtobus boshqarib, yo‘lovchi tashib yurgani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruvda ushbu haydovchi avvalroq ham mast holda avtobus boshqarib, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangani aniqlangan.
Qayd etilishicha, haydovchiga tegishli chora ko‘rilib, avtobus vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Kanada AQSHni elektrdan uzib qo‘yish bilan tahdid qildi
Finlyandiya safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarga boshpana bermay qo‘ydi
Slovakiya bosh vaziri: Ukraina mojaro natijasida hududlarining uchdan bir qismini yo‘qotadi
Barcha kommunal xizmatlar bir paketga birlashtirilishi mumkin
Tramp Eron bilan ehtimoliy urushni istisno etmadi