Foto: Videodan kadr
Rossiya neftini tashiyotgan “Volgoneft 212” va “Volgoneft 239” kemalari Kerch bo‘g‘ozida halokatga uchradi, bortda mos ravishda 13 va 14 kishidan iborat ekipaj bor. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi “RBK”ga xabar berdi.
"Kerch bo‘g‘ozida halokat holatida bo‘lgan “Volgoneft 212” tankeri haqidagi ma’lumot bugun ertalab keldi. Noqulay ob-havo sharoiti, kuchli shamol va dengizning yetti ballgacha to‘lqinlanishi tufayli kema shikastlangan va yordam so‘ragan", deya aniqlik kiritdi idora vakillari.
Keyinroq FVV ushbu hududda 14 kishilik ekipaji bo‘lgan “Volgoneft 239” kemasi shikastlangani haqida xabar bergan. Ikkala kemada ham neft mahsulotlari mavjud bo‘lib, to‘kilish qayd etilgan. Hodisaga jami 50 dan ortiq kishi va 11 ta texnika jalb qilingan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 13 dengizchining barchasi Kerch bo‘g‘ozidagi “Volgoneft 212” tankeridan evakuatsiya qilingan, bir kishi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Yaponiya kompaniyalari Oyda foydali qazilmalarni qazib olmoqchi
Qrim parlamenti rahbari: Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi Zelenskiy uchun signal
Hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi
Xosep Gvardiola: Hozir shu ishni qilsam, o‘zimni kechira olmayman!
Prezident uy-joyga to‘lov qilish bo‘yicha yangi tizim bilan tanishdi