09:13 / 15.12.2024
28

Ukrainadagi qurolli mojaro 2025 yilda tugaydi

Ukrainadagi qurolli mojaro 2025 yilda tugaydi
Foto: Depositphotos
Ukrainadagi qurolli mojaro 2025 yilda, ya’ni “muzokaralar yili”da tugashi mumkin. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

AQSHdagi prezidentlik saylovlarida kim g‘alaba qozonganidan qat’i nazar, Ukrainadagi urushning kelasi yili tugash ehtimoli yuqori... Voqelik shuni ko‘rsatmoqdaki, 2025 yil muzokaralar yili bo‘lishi muqarrar”, deyiladi maqolada.

Shuningdek, Donald Trampning AQSHdagi prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi tinchlik jarayonini tezlashtirishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Trampning o‘zi saylovoldi tashviqoti paytida jangovar harakatlarni qisqa vaqt ichida yakunlash mumkinligini ta’kidlagan.

Maqola muallifi ta’kidlashicha, Trampning bu bayonoti “ozgina mubolag‘a” bo‘lsa-da, umuman olganda, respublikachining muzokaralarni iloji boricha tezroq boshlash istagini ko‘rsatadi.

Shuningdek, Ukraina qo‘shinlarida askarlar yetishmasligi, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar tez tugab borayotganiga e’tibor qaratilmoqda. Tramp hokimiyat tepasiga kelishi bilan AQSHdan yetkaziladigan harbiy yordam esa tobora kamayib borishi mumkin. Bularning barchasi Kiyevni Moskva bilan muzokaraga kirishishga majbur qiladi, deyiladi maqolada.

AQSHning saylangan prezidenti Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamagan, lekin Kiyevning Yevropa ittifoqi bilan iqtisodiy hamkorlik qilish variantini taklif etishi mumkin.

Tramp jamoasining urushni tugatish rejasi

AQSHning saylangan prezidenti jamoasi Ukrainadagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha uchta ehtimoliy rejasini ko‘rib chiqmoqda. Ulardan biri hozirgi front chiziqlari bo‘ylab mojaroni muzlatishni, shuningdek, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini to‘xtatib qo‘yishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, mavjud front chiziqlari bo‘ylab demilitarizatsiya zonalarini yaratish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainadagi qurolli mojaro 2025 yilda tugaydi